Meksikada koronavirusni birinchi bo‘lib yuqtirgan bemor shifo topdi

Olam

image

Kecha, 2 mart kuni meksikalik shifokorlar mamlakatda birinchi bo‘lib koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan bemorning shifo topganini ma’lum qildi. Bu haqda milliy sog‘liqni saqlash institutlari va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning muvofiqlashtirish komissiyasi rahbari doktor Gustavo Reyes matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

"Birinchi raqamli bemor bugun shifoxonadan chiqarildi. U virusga qarshi tekshirildi, tashxisning javobi salbiy bo‘lib chiqdi. Uning yashash joyida izolyatsiyada qolishi juda muhim, ammo har holda infeksiya xavfi kam", dedi Reyes. Ma’lumotlarga ko‘ra, Meksikada koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni to‘rttaga kamaygan va ayni damda olti kishida qolmoqda. Ularning barchasi ushbu kasallikni respublikadan tashqarida yuqtirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 90 924 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3124 kishi vafot etdi. 47 871 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80151 bemor – 2944 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (4812 – 34), Italiya (2036 – 52), Eron (1501 – 66), Yaponiya (274 – 6).


Maqola muallifi

Teglar

Meksika koronavirus

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made