Prezident Everestni zabt etgan Denisenkoni faxriy unvon va Trailblazer bilan taqdirladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, joriy yilning 1 iyun kuni o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko dunyodagi eng baland cho‘qqi — Everestni zabt etgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentni uni O‘zbekiston iftixori” unvoni va Trailblazer bilan taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kuni Toshkent vaqti 16:45 da O‘zbekiston fuqarosi Sergey Denisenko Yer sayyorasining eng baland nuqtasi — balandligi 8848 metr bo‘lgan Everest (Jamalungma) cho‘qqisida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan.

Ushbu murakkab va xavfli sayohat toqqa chiqish mavsumining juda g‘ayritabiiy, beqaror ob-havo paytida amalga oshirilgan. Ekspeditsiya taxminan 2 oy davom etgan. Ko‘tarilish O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Everest Denisenko

Baholaganlar

210

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing