Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha YeIB kredit ajratadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qo‘shimcha moliyalashtirish)” loyihasi doirasida Yevropa investitsiya banki mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, Yevropa investitsiya bankining (YeIB) 100 mln yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari energiya jihatidan samarali asbob-uskunalarni xarid qilish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Agar YeIB bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, YeIB kreditidan bitta tashkilotga beriladigan kreditning summasi 10 mln dollardan, sanoatning bitta tarmog‘ida sanoat korxonalariga beriladigan kreditlarning miqdori 30 mln dollardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Evropa investitsiya banki

Baholaganlar

3

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing