Prezident cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qarorni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilmoqda. 

Qaror bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:

respublikada cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

O‘zbekistonning cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;
 
cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

respublikada cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan tashkilotlar ishlarini muvofiqlashtirish;

qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada cho‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasi talablarini bajarishda O‘zbekistonning milliy vakolatli organi vazifasini amalga oshirish.

Shuningdek, qarorga muvofiq O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Cho'llanish Qurg'oqchilik

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing