Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 29 fevral kuni Buxoro viloyatida Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Hokimlik Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Bosh vazir Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyat hokimi O‘ktam Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni o‘qib eshittirgan.

Bugunga qadar Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Karim Kamolov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan. Bu haqida davlat rahbari Farmonini Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ma’lum qilgan.

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni O‘ktam Isoyevich Barnoyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash va shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.    


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

285

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing