Tojikiston xorijliklar uchun chegarasini yopdi

Olam

image

Tojikiston hukumati mamlakatga koronavirus infeksiyasining kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik chegaralarini xorijiy davlat fuqarolari uchun yopib qo‘ydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Mamlakatga yangi koronavirus infeksiyasining kirishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha favqulodda choralarni amalga oshirish uchun Tojikiston Respublikasi davlat chegarasidagi nazorat o‘tkazish punktlaridan barcha xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning chiqishi va kirishi vaqtincha taqiqlandi”, deyiladi xabarda.

Idoraning aniqlik kiritishicha, “ushbu cheklovlar xorijiy davlatlar diplomatlari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning vakillariga, shuningdek, ularning Tojikiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan oila a’zolariga taalluqli emas.

Ma’lumot uchun, bugungacha Tojikiston koronavirus ineksiyasi rasman aniqlanmagan.

Avvalroq, O‘zbekiston Tojikistonga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordami yuborgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston koronavirus

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing