Ayblanuvchi va sudlanuvilarning “pobeg”ga chiqib ketishi oldini olishning yangi yo‘li topildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishga oid norma kiritildi.

Ya’ni, endilikda qidiruvdagi ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport (harakatlanish hujjati)dan foydalanib chet elga chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin deb hisoblansa, mazkur pasport (harakatlanish hujjati)ning amal qilishi sud tartibida to‘xtatib turilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.  

Pasportning amal qilishini to‘xtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Pasport (harakatlanish hujjati)ning amal qilishini to‘xtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportining, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib turish tushuniladi.

Bunda pasportning (harakatlanish hujjatning) amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qo‘llaniladi.

Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomi bekor qilinishiga olib kelmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat-protsessual kodeksi Fuqarolik pasporti

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing