Davlat organlari Matbuot kotiblari qayta o‘qitilyapti

Jamiyat

image

Bugun, 11 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari boshlandi.

Savol tug‘ilishi tabiiy: davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot xizmatlari ishtirokidagi tadbir nima uchun aynan Agentlik tomonidan o‘tkazilmoqda? 
 
Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan. 

Shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmatlari o‘zaro hamkorligi Agentlik rahbarligi ostida shakllantiriladi, aynan Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmatlarining maqomini mustahkamlash va ularning shtatlari sonini lozim darajagacha kengaytirish choralarini taklif qilish vakolatiga ega.

Prezident qarorida Agentlik zimmasiga seminarlar o‘tkazish vazifasi ham belgilangan — “davlat organlari va boshqa tashkilotlar matbuot xizmati xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlariga axborot taqdim qilishning zamonaviy kanallari va usullaridan foydalanish maqsadida yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni ta’lim treninglari va seminarlarni o‘tkazish uchun jalb etgan holda ularning malakasini oshirish, ko‘nikmalarini va ish uslubini yaxshilash masalalarini muvofiqlashtiradi”. Bundan tashqari,  vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirokida olib borilayotgan islohotlarning dolzarb jihatlari, investitsiya loyihalariga bag‘ishlangan brifinglar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarini o‘tkazish amaliyotini keng joriy qilish uchun sharoitlar yaratadi.

Yana bir muhim jihat: Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot resurslari, shu jumladan mashhur ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar singari Internet tarmog‘idagi veb-resurslarini rivojlantirish, ularning faoliyat sohasiga taalluqli matnli, foto-, audio-, video- va boshqa axborot materiallarining ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritishda ko‘maklashadi, ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan samarali jamoat nazoratini o‘rnatish bo‘yicha choralarni taklif etadi. 

Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlar Axborot xizmatlarining koordinatori, yaqin hamkori va ko‘makchisi hamdir. Amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakat aynan ana shu vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing