Diqqat! Rossiyaga kirishda tartiblar o‘zgardi

Jamiyat

image

Endilikda Rossiyaga ketayotganlar o‘zi bilan bagaj va qo‘l yuki sifatida 5 kg dan ortiq sabzavot va mevalarni olib o‘tishi taqiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirmoqda. 

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 17 iyul Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining 907-son Qarori qabul qilingan. Hujjatga muvofiq Rossiya davlat chegarasi o‘tish punktlarida davlat karantin fitosanitariya nazoratini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritilgan. 

Yangi qoidalarga ko‘ra, Rossiya chegarasini kesib o‘tayotgan shaxs bagaj va qo‘l yuki sifatida 5 kg dan ortiq bo‘lmagan sabzavot va mevalarni,  har birida eng ko‘pi 15 dona gul va o‘simliklarning boshqa qismlari bo‘lgan uchtadan ko‘p bo‘lmagan guldastani olib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Mazkur tovarlardan katta miqdorda olib kirish uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlari talab qilinadi. Aks holda 2 kun ichida mahsulotlar qaytarib yuboriladi yoki egasi hisobidan yo‘q qilinadi. 

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yangi qoidalar samolyot, poyezd va avtomobil yo‘lovchilariga ham taalluqli ekanligini hisobga olishlarini so‘ramoqda. Mazkur cheklovlar transport tizimlari xodimlariga va pochta jo‘natmalariga ham tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing