Alisher Usmonov Olmaliqdagi MISiS filiali faoliyatini moliyalashtirishda davom etadi

Jamiyat

image

Taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov asos solgan “San’at, ilm va sport” xayriya jamg‘armasi MISiS Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialiga uning faoliyatini yaxshilash va dars sifatini oshirishda har tomonlama yordam berishda davom etadi. Bu haqda tashkilotning bosh ofisi ma’lum qildi, deb yozmoqda “Sputnik”. 

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekistondagi MISiS filiali loyihasini amalga oshirish jamg‘armaning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va qisqa vaqt ichida tashkilot O‘zbekiston tomoni bilan ushbu masalada hamkorlikni kuchaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Xususan, jamg‘arma o‘quv jarayoniga chet ellik yetakchi soha mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, ushbu ta’lim dargohining material-texnik hamda axborot-resurs bazasini kuchaytirishni maqsad qilib olgan.

Shu kunlarda Olmaliqdagi MISiS filiali 100 Mbit/s tezlikka ega bo‘lgan Internet tarmog‘iga ulangan. Natijada, oliygoh xalqaro ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlari elektron bazalari va kataloglarga, ilmiy va badiiy adabiyotlarga onlayn ulanishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Olmaliq shahrida MISiS filiali ochilish marosimi 2018 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Tantanali ochilish marosimida RF Fan va oliy ta’lim vaziri Mixail Kotyukov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, MISiS MTTU rektori Alevtina Chernikova, OTMK boshqaruvi raisi Abdullo Xursanov ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov MISiS

Baholaganlar

52

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made