Dezinfeksiya davom etadi: navbatdagi manzil mehribonlik uyi

Jamiyat

Avvalroq, QALAMPIR.UZ sayti tomonidan #UydaHayotBor  nomli maxsus aksiya e’lon qilingan edi. Mazkur tadbir doirasida xonadonlar va tashkilotlar bepul dezinfeksiya qilinmoqda. Aksiyada tahririyat bilan hamkorlikda “AZIZXON STAR SERVIS” va “Dez and clean”  kompaniyalari faol qatnashib kelmoqda. Endilikda safimiz yanada kengaydi. Jamoamizga “EURODEZ” dezinfiktologiya klinikasi mutaxassislari ham kelib qo‘shildi. 

Har bir dezinfeksiya guruhi aytilgan manzillarga borib, dezinfeksiya ishlarini bepul amalga oshiradi.

“EURODEZ” kompaniyasi xodimlari ham bir nechta xonadonni dezinfeksiya qilish bilan birga, Yashnobod tumanida joylashgan 30-Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. 

Mehribonlik uyining kirish qismi, hovli, yo‘laklar, oshxona, bolalar xonasi va o‘yin xonalari dezinfeksiya qilindi. Bundan tashqari, mutaxassislar tarbiyachilarga kerakli tavsiyalar berishdi.

Shuni alohida qayd etib o‘tmoqchimizki, loyiha eng avvalo boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bois biz darvoza atrofi “inomarka”larga to‘la, badavlat kishilarning xonadonlariga emas, yordamga haqiqatan muhtojlarning uyiga shoshamiz.

☎️+99871 2073444  raqamiga qo‘ng‘iroq qilib  “EURODEZ” kompaniyasi bilan bog‘lanish imkoniyatiga egasiz.

Yuqoridagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib ism-sharifingiz, manzilingiz va telefon raqamingizni qayd ettirishingizning o‘zi kifoya.

Talablar ko‘p bo‘lishini inobatga olib, dezinfeksiya guruhimiz navbat bilan siz ko‘rsatgan manzilga yetib boradi.

Xizmat mutlaqo BEPUL!

Hurmatli yurtdoshlar agar siz ham dezinfektologiya klinikasi rahbari bo‘lsangiz va biz bilan birga koronavirusga qarshi kurashib, uni birga yengish istagida bo‘lsangiz  +998998683320 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, biz bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. 

#UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

dezinfektsiya Aktsiya

Baholaganlar

3

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing