Imtihon kuni yomg‘ir yog‘sa nima bo‘ladi?

Jamiyat

image
22 avgustdan abituriyent ruxsatnomasi beriladi – DTM north_east

22 avgustdan abituriyent ruxsatnomasi beriladi – DTM

Test sinovlari boshlangan kunlarda agarda yomg‘ir yoki shamol kabi tabiat injiqliklari bo‘lsa, test sinovlari boshqa kunga qoldiriladi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ma’lum qildi.

“2 sentyabrdan boshlab test sinovlari ochiq stadionlarda o‘tkaziladi. Agarda imtihon kunlari yomg‘ir yoki shamol bo‘ladigan bo‘lsa, test sinovlari imtihon o‘tgandan keyinga qoldirilishi rejalashtirilmoqda”, dedi Diyorbek Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, 22 avgustdan boshlab abituriyentlar abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetlaridan ruxsatnomani olishi mumkin.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made