Qora sedana — immunitetni mustahkamlaydi

Foydali

image

Sedana ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega. Uning tarkibida organizmning zararli ta’sirlariga qarshi kurashish, sog‘liqni mustahkamlash kabi hususiyatlari mavjud. Bunday keng qamrovli ta’siri uchun, qora sedana ko‘p kasalliklarni proflaktikasi va davolanishida qo‘llaniladi. Sedana jigar, ichak, o‘t qopi va me’da kasalliklarida yordam beradi.
 
Sedanadan bugungi kunda farmasevtika va kosmetikada dori preparatlari va foydali mazlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.

Sedananing foydali hususiyatlarini:

•  Immunitetni mustahkamlaydi.
•  Shamollash va yallig‘lanishni oladi.
•  Ko‘plab virus, bakteriyalar hamda zamburug‘larni yo‘qotadi.
•  Regeneratsiya jarayonini kuchaytiradi, yoshlikni uzaytiradi, erkin radikallardan organizmni himoya qiladi.
•  Fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, stresslardan xalos qiladi va ko‘tarinki kayfiyat beradi.
•  Og‘riq qoldirish va spazmolitik effektga ega.
•  Jigarni himoya qiladi, unga tiklanishga yordam beradi.
•  Ichak parazitlarini haydaydi.
•  O‘t ajralishini rag‘batlantiradi.
•  Ishchanlik qobiliyatini oshiradi.
•  Oshqozoning kislotaliligini kamaytiradi, hazm qilishni yaxshilaydi.
•  Qon bosimini gipertoniyaning ilk bosqichlarida samarali tushiradi.
•  Saraton hosilalarini o‘sishini sekinlashtiradi, ularni paydo bo‘lishini oldini oladi.
•  Sochlarni qayta tiklanishiga yordam beradi.
•  Ayollarda sutni ko‘paytiradi.
•  Organizmdan toksinlarni chiqaradi.

Qon bosimini tushirish uchun. Ziravor urug‘larini kukun holatiga keltiring, hosil bo‘lgan unni bir stakan qaynagan suv yordamida aralashtiring. Ushbu vositani ertalab nonushtadan oldin iching.

Tish og‘rig‘ida. Kukun holatidagi urug‘ni zaytun yog‘i bilan pastasimon quyuq massa hosil bo‘lguncha aralashtiring. So‘ngra uni tishingizga surting.
Buyrak va o‘t qopida toshlar bo‘lsa. Har kuni maydalangan urug‘larni va asalni aralashtirib iste’mol qiling.

Tomoq og‘rig‘ida. Bir qoshiq maydalangan sedana va bir stakan qaynatilgan suvdan tayyorlangan damlama bilan tomoqni chayish tavsiya etiladi.
Uyqusizlikda. Bir stakan iliq sutda choy qoshiq asalni eritib, unga asalga teng miqdorda maydalangan urug‘dan qo‘shing. Hosil bo‘lgan aralashmani kechki ovqatdan bir oz oldin iching.

Terining yuqori qavati kasalliklarida. Qora sedana yog‘ini shikastlangan joylarga har kuni surting.

Shamollashda. O‘simlikning maydalangan urug‘larini o‘rtacha kattalikda idishga solingda, ustini yopib 10 daqiqa qaynating. Keyin qopqoqni ochib, boshni sochiq bilan yopib idishdan chiqayotgan bug‘lardan 10 daqiqa nafas oling.

Agar siz tavsiya etilgan dozadan oshmasangiz, qora sedana hech qanday zarar yetkazmaydi. Ko‘p miqdorda bo‘lsa ichak va oshqozonga nojo‘ya ta’sir qilishi mumkin.

Bu o‘simlikdan foydalanishda gipotoniyadan azob chekayotganlar ehtiyotkorlik bilan foydalanishi kerak. Undan butunlay homilador ayollar foydalanmasligi kerak, chunki u bachadon qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing