O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi turnirda qatnashadi
Sport
−
13 avgust 2019
281519-23 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida boks bo‘yicha Checheniston Respublikasining birinchi Prezidenti Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan XI xalqaro turnir tashkil etiladi.
Musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etadi.
Terma jamoa bahslarda quyidagi tarkibda qatnashadi:
-52 kilogramm: Foziljon Abdumurodov
-60 kilogramm: Shunqor Abdurasulov
-64 kilogramm: Elnur Abduraimov
-69 kilogramm: Jahongir Rahmonov
-75 kilogramm: Mahmud Gaipov
-75 kilogramm: Bahrom Fozilov
-81 kilogramm: Kozimbek Mardonov
-91 kilogramm: Madiyar Saidrahimov
+91 kilogramm: Bahodir Jalolov
+91 kilogramm: Obidjon Tohirov
Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Ilyos Rahimjonov, Asqar Sultonov.
Bekjon Yusupov turnirda hakam sifatida ishlaydi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023