Rossiyada bolalar lageri yondi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
23 iyul 2019
5082Bugun, 23 iyul kuni Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi “Xoldomi” turistik majmuasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Yong‘in soat 2:31 da yuz bergan. O‘sha vaqtda majmuadagi chodirli lager hududida 7-15 yoshlardagi 189 nafar bola bo‘lgan. Lagerda 26 ta chodir bo‘lgan va ularning 20 tasi butunlay yonib ketgan. Yong‘in jami 240 kv metr maydonni qurshab olgan.
Hozirgacha yong‘in natijasida 4 kishi halok bo‘ldi. Ularning 3 nafari qiz va biri o‘g‘il bola. Ularning ikki nafari reanimatsiya bo‘limida halok bo‘lgan.
Yong‘inda halok bo‘lganlar xotirasiga 24 iyul kuni Xabarovsk o‘lkasida motam e’lon qilinadi.
Bolalarning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochilib, Rossiya Tergov qo‘mitasi surishtiruvlarni boshlagan.
LiveBarchasi