Toshkentdagi yana bir shifoxona va oilaviy poliklinika karantinga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi 7-sonli shifoxona karantinga yopildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifing vaqtida ma’lum qildi.

Otabekovga Toshkent shahridagi 7-sonli shifoxona va 8-sonli oilaviy poliklinika shifokor va bemorlari bilan karantinga yopilgani to‘g‘risida savol berilgan. Savolga javobam mas’ul quyidagicha javob berdi:

“Ha, to‘g‘ri. 7-shahar klinik kasalxonasi va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi”.

Avvalroq, Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘uruq kompleksi karantinga yopilgani haqida хабар bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 1054 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 89 nafari sog‘aygan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing