Shveysariyalik sobiq xokkeychi koronavirus sabab vafot etdi

Sport

image

Shveysariya terma jamoasi sobiq xokkeychisi Rojer Sheppot 79 yoshida koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqda xalqaro xokkey federatsiyasi ma’lum qildi. 

Joriy yilning mart oyi so‘ngida sobiq xokkeychi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib shifoxonaga yotqizilgan edi. 1 aprel kuni uning ahvoli og‘irlashdi. 7 aprel kuni tongda u hayot bilan vidolashdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Sheppot Shveyratsiya xokkey afsonasi edi. 1960 yilning o‘rtalarida u mamlakatning eng yaxshi xokkeychisi, deya e’tirof etilgan. Shveysariya terma jamoasida 101 uchrashuv o‘tkazgan. 1964 yili Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. 3 marotaba 1959, 1962 va 1972 yillarda jahon chempionatida qatnashgan. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyoda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 347 624 nafarni tashkil etyapti. Shulardan 74 782 nafari ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 286 453 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘aydi.

Shveysariyada koronavirusga chalinganlar 21 657 kishini tashkil etyapti. Jami 765 kishi ushbu infeksiya tufayli vafot etgan. 8056 kishi koronavirusdan butkul tuzalib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing