Koronavirus bilan bog‘liq uchta ma’lumot quruq safsata ekanligi ma’lum bo‘ldi

Salomatlik

image

COVID-19 yuqtirib olgan taxminan har besh bemorning biri boshqa nafas olish viruslari bilan kasallangan. Ushbu xulosaga AQSHdagi Stenford universiteti tibbiyot markazining mutaxassislari keldi. Ularning ta’kidlashicha, ORVI bilan og‘riganlar koronavirusga yo‘liqmaydi, degan gaplarning bari afsona. 

Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlar bo‘limiga nafas olish kasalligi alomatlari bilan qabul qilingan bemorlarning har o‘ntadan biri COVID-19 bilan kasallangan.

Italiyalik virusolog Roberto Bourioni yozning issiq kunida koronavirus yo‘qoladi, degan gap-so‘zlarni cho‘pchak deb baholadi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, virusga qarshi kurashda ba’zi davlatlar joriy qilganidek, cheklov choralarigina samara beradi.

Moskva viloyati sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh mutaxassisi Irina Shilkinaning ma’lum qilishicha, nafasni 10-15 sekund ushlab turib, kishida koronavirus bor-yo‘qligini bilish mumkin, degan gaplar ham quruq safsata.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1801

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing