Patrisiu Yevropa ligasida rekord o‘rnatdi

Sport

image

“Roma” darvozaboni Rui Patrisiu Yevropa ligasidagi o‘yinlar bo‘yicha rekordchiga aylandi.

11 may kuni “Roma” va “Bayer” klublari to‘qnash kelgan Yevropa ligasining birinchi yarim final uchrashuvi yakuniga yetdi. O‘yin “Roma”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Roma” darvozaboni turnirning yarim finalida “Bayer”ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shu tariqa, portugaliyalik posbon Yevropa Ligasidagi 67-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu borada 2-o‘rinni 66 o‘yin bilan “Srvena Zvezda” himoyachisi Aleksandr Dragovich band etgan.

Rui Patrisiu joriy mavsumda “Roma” safida barcha turnirlarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta o‘yinda 43 ta gol o‘tkazib yubordi.

Javob o‘yini 18 may kuni Leverkuzendagi “Bay-Arena”da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi Rui Patrisiu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made