Janubiy Koreyaga kirish tartibi o‘zgardi. O‘zbekiston fuqarolari jiddiy ogohlantirildi

Jamiyat

image

Koronavirus pandemiyasining tarqalishi sababli xorij fuqarolarini Koreya Respublikasiga kirish tartibiga o‘zgarish kiritildi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 apreldan Koreya Respublikasiga ishchi vizasi (Ye-9) orqali borgan fuqarolar uchun majburiy ko‘niktirish darslari bekor qilinadi.

Shuningdek, Koreya Respublikasiga ishchi vizasi (Ye-9) orqali borgan fuqaroda Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam vazirligi tomonidan tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, virus aniqlangan taqdirda, fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqiziladi. Xarajatlar vaziyatga qarab kirib boruvchi fuqaro hisobidan bo‘lishi mumkin.

Shundan so‘ng, tibbiy xulosaga ko‘ra, fuqaroda kassalik alomati mavjud bo‘lmagan taqdirda, 14 kunlik majburiy karantinda saqlanadi. Yashash joyiga ega bo‘lgan fuqarolar mustaqil ravishda uyida 14 kunlik majburiy karantinda bo‘lishi va karantin ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishi shart.

Yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarolar 14 kunlik majburiy karantin davrida maxsus pullik tibbiyot muassasalarida saqlanadi. Fuqaro saqlash xarajatlarini o‘z hisobidan amalga oshiradi (kunlik taxminiy xarajat 100 000 von – hozirgi kursda 834 000 so‘m).

Bundan tashqari, fuqarolar SOVID-19 virusining tarqalishini va masofaviy rejimini kuzatuvchi maxsus dasturni mobil aloqa vositasiga o‘rnatib, unga ulanishlari shart.

Yangi qoidaga ko‘ra, karantin bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan bir yilgacha qamoq jazosi yoki 10 000 000 koreya voni (83 400 00 so‘m) miqdorida jarima qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mamlakat fuqarolarini Koreya Respublikasining “Immigratsiya to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, yuqoridagi talablarga rioya qilmagan fuqarolarning vizasi bekor qilinishi, Koreya Respublikasidan majburiy chiqarib yuborilishi (deport) yoki ushbu davlatga kirishi taqiqlanishi kabi oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantirdi. 

Ma’lumot uchun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (71) 202-33-55 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janubiy Koreya

Baholaganlar

548

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made