Shavkat Mirziyoyev: MDXMI filiali O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘ladi

Jamiyat

image

QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Rossiya ta’lim tizimining yuqori sifatini ta’minlovchi  jahon brendi va O‘zbekistondagi ushbu universitet filiali mamlakat oliy ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘ladi.

Bu haqda Bosh vazir Abdulla Oripov tomonidan o‘qib eshittirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi bitiruvchilarining V Forumi ishtirokchilariga tabrigida e’lon qilindi.

“Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetining 75 yillik yubileyi munosabati bilan mashhur diplomatlar, olimlar va ishbilarmonlardan iborat bitiruvchilari va do‘stlarini bir joyga to‘playdigan bunday forumni o‘tkazish biz uchun katta sharafdir, – degan Prezident Shavkat Mirziyoyev. – MDXMIning bitiruvchilari Rossiya an’anaviy ta’lim tizimining yuqori sifatini ta’minlovchi,  global siyosat nuqtai nazaridan samarali qarorlar qabul qila olishdek chuqur bilimga ega professional mutaxassislardir”.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetini 400 dan ortiq yurtdoshlari bitirganini ham ta’kidladi.  
“Oliy darajadagi bitimlarni amalga oshirish doirasida ushbu oliy o‘quv yurti sentyabr oyida ochiladi va u O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘ladi”, degan Mirziyoyev.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat tinchlik va do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga qaratilgan tashqi siyosatni amalga oshirish uchun ochiq ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing