Koronavirus: bugun sog‘ayganlar yangi bemorlardan ko‘p bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 25 sentyabr kuni O‘zbekistonda 496 holatda koronavirusga infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 450 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida 513 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 54 462 nafar bemordan 50 954 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 058 nafar bemordan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing