Pandemiyadan so‘ng egizaklar tug‘ilishi ko‘paydi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Pandemiyadan so‘ng xalqaro miqyosda egizaklarning tug‘ilishi ortib bormoqda. 

Reproduktiv davolash ko‘lami ma’lum darajada pasayganidan so‘ng, birdan ortiq farzandlarni dunyoga keltirish holati ko‘p qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, tibbiyot usullarini takomillashtirish fonida bu tendensiya hamma joyda kuzatilyapti. Pandemiya davrida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyada tibbiyot yo‘lidagi cheklovlar olib tashlangani sababli, egizaklarga homiladorlik holati ko‘paygan bo‘lsa, Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich biroz pasaygan.

Oksford universitetining "Inson reproduksiyasi" jurnali 2010 va 2015 yillar oralig‘ida dunyoning 165 mamlakatida egizaklarga homiladorlik darajasi haqida ma’lumotlarni nashr etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar 1980-1985 yillardagi ma’lumotlar bilan taqqoslangan.

Tadqiqot 1980 yillardan boshlab dunyo bo‘ylab egizaklar tug‘ilishi darajasi uchdan bir foizga oshganini ko‘rsatadi.

Turkiya Statistika Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda tug‘ilganlarning 3,1 foizi ko‘p farzandli bo‘lib, ularning 96,4 foizi egizakli, 3,4 foizi uch egizakli, 0,2 foizi to‘rt egizakli va undan ham ko‘proqni tashkil qilgan.

2019 yilda 3,1 foizni tashkil etgan ko‘p tug‘ilish darajasi 2020 yilda 2,9 foizga tushgan. 2021 yilda u yana 3,1 foizga oshgan. 2022 yilda esa tug‘ilgan 1 million 35 ming 795 nafar chaqaloqlarning 3,2 foizi egizaklar bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pandemiya egizaklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing