Kuz-qish mavsumida Farg‘ona vodiysiga gaz va “svet” yetkazib berish ko‘paytiriladi

Jamiyat

image

2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarga energiya resurslarini yetkazib berish sezilarli oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berli.

Unga ko‘ra, 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida:

Andijon viloyati iste’molchilariga:

•    tabiiy gaz 5,4 foizga;
•    suyultirilgan gaz 70,8 foizga;
•    elektr energiyasi 10,5 foizga oshiriladi.

Farg‘ona viloyati iste’molchilariga:

•    tabiiy gaz 16,4 foizga;
•    suyultirilgan gaz 48,6 foizga;
•    elektr energiyasi 11,2 foizga oshiriladi.

Namangan viloyati iste’molchilariga:

•    tabiiy gaz 23,6 foizga;
•    suyultirilgan gaz 52 foizga;
•    elektr energiyasi 10,8 foizga oshiriladi.

Joriy yilning 8-11 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab iste’molchilarni 2020-2021 yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish maqsadida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bo‘lgan.

1

Energetika vazirligi maxsus shtabi Farg‘ona viloyati iste’molchilarini 2020-2021 yillarda kuz-qish mavsumida ko‘mir va briket mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish maqsadida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “Farg‘ona ko‘mir yetkazuvchi” filialining Oltiariq va Quva ko‘mir omborlariga ham borgan.

Joriy yil kuz-qish mavsumida Oltiariq tuman xalq ta’limi bo‘limiga 521 tonna ko‘mir va 1 726 tonna briket, tuman maktabgacha ta’lim muassasalariga 261 tonna ko‘mir va 832 tonna briket, sog‘liqni saqlash vazirligi tashkilotlariga 69 tonna ko‘mir, 350 tonna briket, sport maktablariga 15 tonna ko‘mir va 14 tonna briket, kollejlarga 60 tonna ko‘mir va 20 tonna briket va madaniyat bo‘limiga 15 tonna ko‘mir hamda 24 tonna briket mahsulotlari yetkazib beriladi.

Farg‘ona viloyati iste’molchilariga 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida jami 227,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 30,7 ming tonna yoki 16 foizga ko‘p.

Shundan, aholi iste’molchilariga 160 ming tonna, ijtimoiy soha ob’ektlariga esa 67,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Viloyat iste’molchilariga uzluksiz va sifatli ko‘mir yetkazib berish uchun 10 ta maxsus ko‘mir ombori, 10 ta avtoyuklagich, 6 ta yuk avtotransporti va 8 ta avtotarozidan foydalaniladi.

Shuningdek, ishchi guruh Oltiariq tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ham borgan


Maqola muallifi

Teglar

gaz Namangan elektr energiyasi Andijon Farg'ona

Baholaganlar

46

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing