Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markaziga boshliq tayinlandi

Jamiyat

31ad349611079f93ade67350cdc7e164

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot multimedia markaziga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda boshqarmaning Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kapitan Sayfutdinova Irina Vladimirovna Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i - bosh boshqarma boshlig‘ining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Sayfutdinova Irina 1974 yil Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 1997 yil O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Vatanparvar” gazetasida muxbir, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyatida bo‘lim mudiri, Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘ining o‘rinbosari-bosh muharrir lavozimlarida mehnat qilgan.

Katta serjant Shirayeva E’tibor Rustamovna Axborot multimedia markazi boshlig‘ining o‘rinbosari - bosh muharriri vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Shirayeva E’tibor 1985 yil Xorazm viloyati Xiva shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 2004 yil Xiva shahar pedagogika kasb-hunar kollejini huquqshunos-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha hamda 2010 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining (h.v. O‘zDJTSU) bakalavriat va 2012 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining   jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar IIBB Tayinlov

Baholaganlar

29

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing