“Paxtakor” va “Lokomotiv”ning OCHLdagi o‘yinlari uchun rasmiylar tayinlandi

Sport

image

Xabaringiz bor, bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.  Unda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida Qatarning “Al-Sadd” klubini qabul qiladi. O‘yin soat 19:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi. 

Shuningdek, bugun Toshkentningn boshqa bir jamoasi “Lokomotiv” ham 3-tur doirasida o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Jamoa Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga qarshi Jiddada kurash olib boradi. Bahs “Qirol Abdulla” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:45da boshlanadi.
 
Har ikkala o‘yinning rasmiy shaxslari e’lon qilindi

“Paxtakor” – “Al-Sadd”
Toshkent shahri “Paxtakor” stadioni, soat 19:00.

Hakamlar: Fu Ming, Deksin Van, Sinchuan Chen (Xitoy).
To‘rtinchi hakam: Muxammad Zaynal Abidin (Malayziya).
Nazoratchi: Maykl Xanania (Falastin).
Komissar: Kemel Tokabayev (Qirg‘iziston).

“Al-Ittihod” – “Lokomotiv”
Jidda shahri, “Qirol Abdulla” stadioni, soat 22:45.

Hakamlar: Sivakorn Pu-udom, Nakarit Ravut, Tanate Chuchuyen (Tailand).
To‘rtinchi hakam: Muhammad Taqi Al Jaafari (Singapur).
Nazoratchi: Omar Musa Xalafa Abu Loum (Iordaniya).
Komissar: Tu Ksiliang (Xitoy).


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor OChL Lokomotiv

Baholaganlar

6

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing