“Paxtakor” “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratib birinchi o‘ringa qaytdi

Sport

image

Hozirgina “Paxtakor” markaziy stadionida O‘zbekiston Superligasining 3 turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs o‘z yakuniga yetdi. 

Bahsda Toshkentning “Paxtakor” klubi futbolchilari so‘nggi daqiqalarda gol urib, “Nasaf”ni mag‘lub etdi. Shu tariqa toshkentliklar 9 ochko jamg‘argan holda yana turnir jadvali peshqadamiga aylanishdi. 

Bundan tashqari, “sherlar” O‘zbekiston chempionatining bu yilgi mavsumida ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

“Paxtakor” – “Nasaf” 2:1.
05.04.2019. Toshkent. "Paxtakor" markaziy stadioni. 18:00.

Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Gaynulin, Rasul Fozilov, Rahimbek Karimov.
Nazoratchi: Alisher Abdullayev
Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Marat Bikmayev 12 penalti, - 1:0. Vladimir Kozak 53 avtogol, - 1:1. Yegor Krimets 90+4, - 2:1.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 4.Akrom Komilov, 7.Sadriddin Abdullayev (27.Sardor Sobirxo‘jayev, 69), 9.Jaloliddin Masharipov, 15.Egor Krimets (s), 20.Odiljon Hamrobekov, 21.Marat Bikmayev, 22.Jasur Yaxshiboyev (10.Dragan Cheran, 58), 29.Vladimir Kozak, 34.Farrux Sayfiyev, 99.Javohir Siddiqov (17.Dostonbek Hamdamov, 77).

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 9.Humoyun Murtozoyev, 15.Jo‘rabek Mannonov (8.Dilshod Saitov, 76), 17.Doniyor Narzullayev, 18.Bobir Davlatov, 19.Sardor Abduraimov, 20.Islom Kenjaboyev (77.Oybek Bozorov, 63), 27.Islom Rashidxonov (22.Akmal Mozgovoy, 57), 28.Xurshidbek Muxtorov, 92.Umarbek Eshmurodov (s).

Ogohlantirishlar: Sadriddin Abdullayev 14, Jasur Yaxshiboyev 31.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Superliga Nasaf

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing