“Paxtakor” ertaga Eronda mehmon bo‘ladi

Sport

image

Ertaga, 5 mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinlari davom ettiriladi. Aynan shu kuni Toshkentning “Paxtakor” jamoasi musobaqaning 1-turi doirasida Eronning “Persepolis” klubi mehmoni bo‘ladi.

Uchrashuv mamlakat poytaxti Tehronda joylashgan “Ozodiy” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. Bellashuvni Shri-Lanka vakili Xettikamkanamge Perera boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Ma’lumot uchun, tomonlar 2003 yilda ham o‘zaro to‘qnash kelishgan. O‘sha bahsda toshkentliklar forslar ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Persepolis

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing