Qozog‘istonning yangi Bosh vaziri tayinlandi

Olam

image

Bugun, 25 fevral kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi Bosh vaziri tasdiqlandi. Unga ko‘ra, endilikda Hukumat raisi lavozimida Asqar Mamin faoliyat yuritadi. Bu haqda Oqo‘rdaning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi. 

“Parlament a’zolari Asqar Mamin nomzodini Hukumatning yangi raisi lavozimiga tasdiqladilar”, deyiladi xabarda. 

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev shu zahotiyoq Asqar Maminni Hukumat raisi etib tayinlash to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan. 

Aslida Asqar Mamin joriy yilning 21 fevral kuniyoq Bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajararuvchi sifatida ish boshlagan edi. Shu kuni Prezident Nazarboyev mamlakatning mavjud hukumatini iste’foga chiqarishga oid farmonni imzolagandi. 

Hukumatning yangi raisi 1965 yilda Selinogradda tavallud topgan. U Hukumatdagi faoliyatini 2016 yil Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari o‘laroq boshlagan. 

U O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashriflarida asosiy figurantlardan biri bo‘lgan. Prezident Mirziyoyevning 2018 yil 15 mart kuni hamda 2018 yilning 6 iyul kuni Qozog‘istonga amalga oshirgan tashrifi davomida mehmonni aerportda kutib olish marosimlarida Asqar Mamin ishtirok etgan. 

Mamin 3 marta – 2016 yilning 22 sentyabr kuni, 2017 yilning 23 fevral kuni, qolaversa, 2018 yilning 4 may kunlari O‘zbekistonda, Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Asqar Mamin

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing