Erkinjon Turdimovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi Feruz Ne’matullayevich Abilov lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 18 aprel kuni lavozimidan olingan Feruz Abilov Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kungacha ushbu lavozimda Abdumajit Alibekovich Nurqulov faoliyat yuritib kelayotgandi. U pensiya yoshiga to‘lganligi bois viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazildi.

Ushbu o‘zgarishlar ayni paytda viloyat hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Samarqand viloyati

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing