O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 4 000 nafarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 yun kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 33  nafar, jami 42 nafar bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, sog‘aygan bemorlarning 5 nafari poytaxtlik,  2 nafari Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan, 1 nafari Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan, yana bir nafari esa amarqand viloyati Qo‘shrobod tumanidan.

Navoiy viloyatidan tuzalganlarning 25 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi  50 yoshda, yoshi kichigi 2013 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 31 nafari viloyatning o‘zidan,  2 nafari esa Namangan viloyatidan. 

Endilikda Toshkent shahridan koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1939  nafarga yetdi. Navoiy viloyatida esa ushbu ko‘rsatkich 214 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3985 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing