Germaniyalik ayol 5 nafar farzandining qotiliga aylandi

Olam

image

Germaniya politsiyasi Shimoliy Reyn-Vestfaliya o‘lkasidagi Zolingen shahridagi bir xonadondan besh bolaning jasadini topdi, deb xabar berdi n-TV. 

Germaniya Ichki ishlar vaziri Gerbert Roylning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning jasadlarini 3 sentyabr kuni tushdan keyin boshqa shaharda yashovchi buvisi topgan. Halok bo‘lganlarning uyi yonida tez yordam va politsiya mashinalari to‘plangan, voqea joyi o‘rab olingan.

Ta’kidlanishicha, bolalarning qotili o‘z onasi.Halok bo‘lgan bolalarning yoshi bir yoshdan sakkiz yoshgacha ekani aytilmoqda, uch nafari qiz farzand.

Qotillikdan so‘ng, 27 yoshli ona, oltinchi — 11 yoshli farzandini olib uydan chiqib ketgan. Bolalarning buvisining so‘zlariga ko‘ra, qizi ham o‘z joniga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan. 

U qo‘shni shahar – Dyusseldorfdagi temir yo‘l stansiyasida poyezd ostiga o‘zini tashlagan. Ayol og‘ir tan jarohati olmagan va shifoxonaga yotqizilgan. 11 yoshli bola esa buvisining yonida.

Ona nima maqsadda farzandlarini o‘ldirgani ma’lum emas, u shifoxonadan chiqqanidan keyin so‘roq qilinadi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

756

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made