O‘zbekistonliklar halok bo‘lgan YTH haqida rasmiy ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyaning Saratov viloyatida 4 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lgani,  qurbonlarning 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra kecha, 16 yanvar kuni Nijniy Novgorod – Arzamas – Saransk – Issa – Penza – Saratov trassasida Saratov viloyati hududida ichida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mikroavtobus ishtirokida YTH yuz bergan. Natijada o‘zbekistonliklardan 2 nafari vafot etgan, 3 nafari esa Saratov shahridagi viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing