Qashqadaryoda 12 mln so‘mlik “Ulug‘vor lola”ni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ekoinspektorlari tomonidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tog‘ lolasi kontrabandasining oldini olishdi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

21 aprel kuni Yakkabog‘ tumani tog‘li hududlarida o‘tkazilgan reyd davomida tumanning Tatar MFY “Suvlisoy” qishlog‘idan “Zarmast” qishlog‘iga yo‘l olgan Damas rusumli mashinada 105 tup Ulug‘vor lola (Tyulpan velikiy (Tulipa ingens T.M.Hoog) o‘simligini noqonuniy olib ketilayotgani aniqlangan. O‘simliklar Yakkabog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon fondi yerlaridan yulib olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qonunbuzarlik Shaxrisabz tumani, “To‘damaydon” qishlog‘ida yashovchi avtomashina haydovchisi O‘roqov Sh. va sheriklari Ergashev J. Xusanov Sh., Ro‘zimurodov U., Botirov E., O‘roqov U. va Abdullayev M. Lar amalga oshirgan.

“Natijada o‘simlik dunyosiga 11 707 500 (o‘n bir million yetti yuz yetti ming besh yuz) so‘m yetkazilgan zarar hisoblanib tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun hujjatlar rasmiylashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

362

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing