Bola xarakterini taomlar orqali aniqlash mumkin

Foydali

image

Odatda biz ota-onalar farzandlarimiz xarakterining og‘irligi, injiqliklari sababi nimada ekanligini tushunolmay qiynalamiz. Bunday holatlar, ular yeydigan taomlar bilan bevosita bog‘liq ekan. Quyida e’tiboringizga ana shunday taomlar ro‘yxatini taqdim etamiz. 

Har bir bolakay Shokoladni jon deb yeydi. Ammo muntazam shokolad so‘rashi kichkintoyda asabiylik, jizzakilik borligini bildirishi mumkin. Chunki bu shirinlik tarkibida aynan asabni tinchlantiruvchi moddalar bor. Shokoladxo‘rning kelajagi porloq, Ammo ba’zi vaqtlarda beqarorligi tutib qoladi. Ana shu holatga sergak bo‘lsangiz, kifoya. 

Tuzlamalar, sho‘r yeguliklaru pechenelarni yoqtiradigan bolalar xarakter jihatdan o‘ziga ishonchi sust bo‘ladi. Bunday bolakay bilan o‘z ustida ishlashga undovchi mashqlarni badjarish lozim.Organizmida yesa jiddiy muammo yo‘q.Faqatgina natriy va mineral tuzlar yetishmayapti xolos.

Bulochkalarni yoqtiradigan bolalar tartibli, gapga quloq soladigan, a’lochi bo‘lishadi. Biroq ota-onasining tanbehlari sababli depressiyaga tushib qolishi mumkin. 

O‘smir yoshidagi o‘g‘il qizning taomga achchiq sous yoki ketchup aralashtirishga odatlanibdimi, demak nafas yo‘llari, qon bosimi yoki yurak faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarish kuzatilishi mumkin. Xarakteriga xos bo‘lgan qobiliyatiyatni esa bo‘g‘mang. Aksincha har bir ishda uning fikri muhimligini namoyish etavering. 

Qaynatilgan kartoshkani tuz bilan yeyishni yoqtiradigan yoki kartoshka chipslarni kanda qilmaydiganlar yesa gapga quloq solmaydiganlar xilidan. Bunday bolalarni qattiqqo‘llik bilan yo‘lga solishga urinmang. Yaxshisi fe’l-atvorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan misollar keltirib, tushuntiring. Salomatligi borasida yesa me’da faoliyatiga diqqat qiling.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing