Rasman: JCH-2022da 48 emas 32ta jamoa qatnashadi

Sport

image

FIFA 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida 32ta terma jamoa qatnashishini rasman e’lon qildi.

Xabaringiz bor, oxirgi paytlarda nufuzli musobaqadagi  jamoalar sonini 48taga yetkazish borasida ishlar olib borilgandi. Biroq Qatarga qo‘shni bo‘lgan hech bir mamlakat mundial o‘yinlarini qabul qilishga tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi.

Qatarning o‘zi mamlakatda stadionlar uchun talab kichikroq bo‘lgan taqdirda ham 48 ta jamoalik musobaqani o‘tkazishga tayyor edi. Qatar avvaldan aytilganidek 8 ta stadionga qo‘shimcha tarzda yana 4 ta stadionni mundial uchun tayyorlashi mumkin edi, faqat ularning sig‘imi 20 000 tomoshabindan kam bo‘lardi. FIFA esa bunga rozilik bermadi.

Shu sabablarga ko‘ra, 2022 yilgi mundialda o‘tgan yillardagi kabi 32 ta terma jamoa ishtirok etadi. Endi qit’alarga ajratiladigan kvotalar ham o‘zgarishsiz qoladi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati uchun Osiyo mamlakatlariga 4,5 ta joy ajratilgan. O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan Jahon chempionati saralash bahslarini boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Jahon chempionati

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing