Sirdaryodagi yong‘inda bir oilaning 6 a’zosi yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 fevral kuni soat 02:40 da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, “Ko‘rkam diyor” MFY, Robot ko‘chasidagi 3-uy, 1-xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv m maydondagi uy jixozlari yongan.

Yong‘in soat 03:00 da o‘rab olinib, soat 03:45 da o‘chirilgan. Yong‘inda uydagi 6 nafar fuqarolar halok bo‘lishgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi), O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made