Bosh prokuror tashabbusi: bolalarga nisbatan protsessual harakatlar o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunchilik tashabussi bilan voyaga yetmaganlarning huquqlari kafolatlariga oid qonunchilik takomillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning qonunchilik tashabusi huquqi asosida ishlab chiqilgan “Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va ko‘shimchalar qiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda. 

Ushbu Qonunga asosan jinoyat protsessida voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini ta’minlashning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilgan.

Jumladan, jinoyat protsessida qonuniy vakilning majburiyatlariga o‘zi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan o‘tkaziladigan protsessual harakatlarda ishtirok etish majburiyati kiritildi hamda uning ishtirokisiz bolalarga nisbatan protsessual harakatlar o‘tkazishning taqiqlanishi qayd etildi.

Guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o‘tkazilishi, voyaga yetmaganlarga nisbatan murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, kuchli og‘riq berish bilan bog‘liq usullardan majburiy foydalanishga faqat uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysining roziligi bilan amalga oshirilishi, guvoh so‘roq qilinib bo‘lgach, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozimligi haqidagi qoidalarning qo‘llanilishi yoshi o‘n oltidan o‘n sakkkizga oshirildi.

Shuningdek, qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlar jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarda himoyachidan voz kechishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Bundan tashqari, Qonun bilan voyaga yetmaganlarning qonuniy vakillik instituti kengaytirildi.

Xususan, voyaga yetmaganlarning iltimosiga ko‘ra, ularning qonuniy vakili bilan bir qatorda yaqin qarindoshlaridan biri yoki o‘zi ishonadigan boshqa shaxs ishda qonuniy vakil sifatida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi haqidagi qoidalar belgilandi.

Ushbu Qonunda nazarda tutilgan yangi normalar jinoyat protsessida ishtirok etuvchi voyaga yetmaganlarning huquqlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Nig'matilla Yo'ldoshev

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing