Yangiyo‘lda yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 may kuni soat 06:00 da Toshkent viloyatida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Haydovchi 28 yoshli Q.J. MCHJga tegishli HOWO rusumli, og‘ir yuk mashinani M-39 “Toshkent-Termiz” Xalqaro avtomobil yo‘li orqali “Toshkent-Chinoz” tomonga boshqarib, mazkur yo‘lning Yangiyo‘l tumani Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning o‘ng qismida eshak aravani boshqarib ketayotgan, fuqaro 24 yoshli X.V. va turmush o‘rtog‘i 20 yoshli O.V.ni avtomashinaning o‘ng old qismi bilan urib yuborgan.

Natijada X.V. va uning turmush o‘rtog‘i O.V. olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, O.V.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

27 may kuni X.V. ham ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandiga (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) qayta malakalangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing