APLning barcha klublari libosiga o‘zgartirish kiritildi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati klublari o‘yinchilari mavsum tiklanidan so‘ng, birinchi davraga maydonga boshqacha tarzda tushishadi. Gap shundaki, ularning futbolkalarida familiyalari bilan birga Black Lives Matter (Qoralar hayoti muhim”) yozuvi tushirilgan bo‘ladi. Bu haqda Angliya premer-ligasi (APL) Matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, APL klublari ushbu yozuvni futbolchilar ko‘ylagiga yozib qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan edi. Ushbu tashabbusni liga rahbariyati qo‘llab-quvvatladi. APL, shuningdek, futbolchilar vafot etgan afroamerikalik Jorj Floydni xotirlash uchun o‘yin oldidan yoki uning vaqtida tiz cho‘kish istagini tasdiqladi.

"Biz futbolchilar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, irqiy xurofotni yo‘q qilishning yagona maqsadi, rangi va dinidan qat’i nazar, barchaga hurmat va teng imkoniyatga ega bo‘lgan global jamiyatni yaratish tarafdorimiz”, dedi futbolchilar.

Futbolchilar ushbu libosda APLning dastlabki 12 uchrashuvida, shu jumladan, 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan ikkita chempionat va 23-turning 10-o‘yinida maydonga tushishadi. Shuningdek, mavsum tugaguncha futbolchilar libosida Black Lives Matter yozuvi va Buyuk Britaniyaning sog‘liqni saqlash tizimiga koronavirus pandemiyasi paytida qilgan ishi uchun minnatdorchilik ramzi joylashtiriladi.

Ma’lumot uchun, 13 mart kuni Angliya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan edi. Mavsum 17 iyun kuni qayta boshlanadi. Turnir jadvalini 29 uchrashuvdan so‘ng 82 ochkoga ega “Liverpul” boshqarib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing