Trampning bosh iqtisodiy maslahatchisi ishdan ketdi
Olam
−
22 iyun 2020
3733AQSH Prezidenti Donald Trampning bosh iqtisodiy maslahatchisi Kevin Xassett yozda Qo‘shma Shtatlar ma’muriyatidan ketadi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib, “Axios” nashri xabar bermoqda.
Xassett koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy ahvol yomonlashayotgan bir paytda mart oyida maslahatchi lavozimiga qaytgan edi. Avvalroq, u AQSHdagi ishsizlik “Buyuk depressiya” vaqtidagi darajaga yetishi mumkinligi haqida ogohlantirgan va ishsizlikka qarshi kurash xarajatlarining ko‘payishini yoqlagan edi.
Ta’kidlanishicha, Xassett maslahatchi xizmatlarini bepul taqdim etadi, uning ushbu lavozimda bo‘lishi doimo vaqtinchalik, deb rejalashtirilgan.