So‘nggi soatlarda 30 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 4 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 nafarga ko‘payib, 3939 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 28 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 1 nafari esa Toshknt viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 3087 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 836 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

315

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing