Toshkentda uchta yo‘l o‘tkazgich quriladi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2020
93482020-2021 yillarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining Cho‘ponota ko‘chasidan Yakkasaroy tumanining KXAY, TXAY va Qipchoq ko‘chalari oralig‘ida joylashgan 6 tasmali 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li quriladi. Bu haqda Yakksaroy tumani hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Cho‘ponota ko‘prigi qurilishi eng so‘nggi texnologiyalarga ko‘ra qurilmoqda. Butun dunyoda faol qo‘llanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qo‘llagan holda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Ko‘prikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha bo‘lishi mo‘ljalangan. Ko‘prikning estetik jihatdan chiroyli ko‘rinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Tungi yoritish tizimi ko‘prikka aholining e’tiborini tortuvchi zamonaviy ko‘rinishni ta’minlaydi.
Cho‘ponota ko‘prigining umumiy uzunligi 597 metrni, bog‘lamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi. Ko‘prik qurilishida avtomobillar, piyodalar va velosiped uchun yo‘laklar nazarda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, ko‘prik qatnov qismi qoplamasining eng so‘ngi texnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallarini qo‘llagan holda qurilishi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanishini ta’minlaydi.
LiveBarchasi