Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda avtomobillarda stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi

Jamiyat

image
Respublika bo‘ylab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar ro‘yxati yangilandi. 6 viloyat “yashil” etib belgilandi north_east

Respublika bo‘ylab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar ro‘yxati yangilandi. 6 viloyat “yashil” etib belgilandi

Bugun, 1 iyundan boshlab Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda ertalab 7:00 dan 10:00 gacha, kech 17:00 dan 20:00 gacha avtotransport, mototransport vositalari va velosipedlarga stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi.

Avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Avvalroq, “qizil” toifada qolayotgan Samarqand shahri hududida maxsus stikerga ega transport vositalari harakatiga ruxsat berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

242

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing