Kurash bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonliklar barcha bosh sovrinni yutib olishdi

Sport

image

Joriy yilning 8-10 iyun kunlari Buxoro shahri kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan Bohouddin Naqshband xalqaro xotira turniriga mezbonlik qildi. 3 kun davom etgan turnirda 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ziyod polvonlar ishtirok etishdi. Kecha musobaqaning ikkinchi kun doirasida ham bir qator vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

E’tiborlisi, ushbu kun bahslarida ham O‘zbekiston terma jamoasi vakillari o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatib, barcha bosh sovrinlarni O‘zbekistonda olib qolishdi. E’tiboringizga musobaqaning so‘nggi kunida shohsupaga ko‘tarilgan kurashchilar ro‘yxatini havola qilamiz:

-73 kg:
1. O‘rol Sodiqov (O‘zbekiston)
2. Muhammad Temirov (Turkmaniston)
3. Ma’ruf G‘aybullayev (O‘zbekiston)
3. Zarafshon Temirov (Tojikiston)

-81 kg:
1. Sarvar Shomurodov (O‘zbekiston)
2. Omid Taztak (Eron)
3. Haqnazar Nazarov (Tojikiston)
3. Madiyor Erkinov (O‘zbekiston)

+100 kg:
1. Muhsin Hisomiddinov (O‘zbekiston)
2. Dadaxon Qurbonaliyev (Tojikiston)
3. Boltaboy Boltayev (O‘zbekiston)
3. Axan Faroush (Eron)

-63 kg:
1. Shahnoza Bozorova (O‘zbekiston)
2. Suhanobonu Shayx (Hindiston)
3. Zarnigor Odilova (O‘zbekiston)
3. Chia Lin Liu (Xitoy Taipeyi)

-78 kg:
1. Pokizaxon Kamoliddinova (O‘zbekiston)
2. Mereke Ayala (Qozog‘iston)
3. Sadoqat To‘rayeva (O‘zbekiston)
3. Chia Jing Kao (Xitoy Taipeyi)


Maqola muallifi

Teglar

Kurash Bohouddin Naqshband xalqaro xotira turniri

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing