Andijonda sartaroshxona, mehmonxona va taksilar faoliyatiga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida 2020 yil 4 maydan sartaroshxona, mehmonxona va taksi xizmati faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yil 4 may kuni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan. Selektor yig‘ilishida Andijon viloyatda jami 3750 ta sub’ektlar faoliyatini tiklash zarur ekanligini ta’kidlab o‘tilgan.

"Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan bugun, 2020 yil 4 maydan viloyatdagi 508 ta transport uyushmalaridan 82 tasida litsenziyaga ega bo‘lgan 4700 dan ortiq yengil avtomobillarni uyushmalar tomonidan kunlik sanitariya talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishga ruxsat etildi" deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, 3 ming 643 tasi ayollar va erkaklar uchun sartaroshxona va go‘zallik salonlarni faoliyatini davom ettirishga ruxsat berildi. Ularda sanitariya talablari asosida oraliq masofani saqlagan holda sanitariya - epidemiologik osoyishtalik markazi hamda soliq idoralari xodimlari nazorati ostida xizmat ko‘rsatilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, 25 ta mehmonxonalarning har biriga sanitar vrachlarni jalb etgan holda xonalarni dezinfeksiya qilish va mehmonlarni kunlik tibbiy nazoratdan o‘tkazish orqali faoliyatini tiklashga ruxsat etildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining shu yil 23 apreldagi 0372-20-sonli ko‘rsatmasiga asosan pandemiya davrida kasallikni tarqalishini oldini olishni to‘liq nazorat qilish imkoniyati yo‘q bo‘lgan jami 1096 ta, shundan, 459 ta umumiy ovqatlanish korxonalari (yetkazib berish xizmati asosida ishlash bundan mustasno), 115 ta to‘yxonalar, jamoat transportlari mavjud bo‘lgan 426 ta yirik transport uyushmalari, 24 ta nodavlat-notijorat o‘quv markazlari, 72 ta buyum bozorlari va savdo komplekslarining faoliyatini Respublika komissiyasi tomonidan alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar faoliyat yuritishini vaqtincha cheklab turiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing