Turkiya KIPga qarshi yangi harbiy operatsiya boshladi

Olam

image

Turkiya Mudofaa vazirligi Iroqning Haftanin mintaqasida taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasiga (KIP) qarshi "Yo‘lbars iskanjasi” deb nomlangan yangi operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Vazirlik turk qo‘shinlari allaqachon "Turk xalqi va chegaralarini xavfsizligiga tahdid soluvchi KIP va boshqa terroristik elementlarni zararsizlantirish uchun" operatsiya o‘tkazish maqsadida Haftanin hududiga kirganini ma’lum qildi.

Harbiy amaliyotda aviatsiya, T129 ATAK vertolyotlari va zarba yo‘llovchi dronlar ishtirok etadi.

15 iyun kuni Turkiya Mudofaa vazirligi Turk havo kuchlari Iroq shimolida yirik havo operatsiyasi o‘tkazganini va Turkiyada taqiqlangan KIPning 81 nishonini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Operatsiya paytida Sinjar, Karajak, Kandil, Zap, Gar, Avashin va Xakurkadagi KIP bazalariga zarbalar yo‘llangan.

Iroq Qurolli kuchlari qo‘shma qo‘mondonligi Turkiya aviatsiyasining ushbu operatsiyasini mamlakat suverenitetini buzilishi sifatida qoraladi. Iroq Tashqi ishlar vazirligi Turkiya elchisiga norozilik notasi taqdim etdi.

Turkiya tomoniga ko‘ra, 2015 yil iyul oyida Turkiya va KIP o‘rtasidagi qurolli mojaro qayta boshlanganidan so‘ng, kurd isyonchilarining hujumlari oqibatida 1000 ga yaqin harbiy va politsiya xodimi, shuningdek, 500 ga yaqin tinch aholi halok bo‘lgan. KIP bazalari Iroq shimolida joylashgan bo‘lib, ularga qarshi Turk qurolli kuchlari 5 yil davomida havo va quruqlikdan harbiy operatsiyalar o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya kurd

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing