Jizzaxda YHXB inspektori kaltaklandi

Jamiyat

image

Jizzaxda viloyat IIB YXHB inspektori kaltaklandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 7 iyul kuni soat 18:30 larda Jizzax viloyati IIB YXHB inspektori O.Q. Jizzax shahar, “Eski shahar dehqon bozori” hududida xizmatda bo‘lgan. Xizmat vaqtida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotganda, shu yerdan o‘tayotgan fuqaro S.N. (1988 y.t.) mast holatda, IIB YXHB xodimlarini oldiga kelib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

IIB YXHB xodimlari uni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, ularga qarshilik ko‘rsatib, O.Q.ning pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan S.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.N. tegishli protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Jizzax

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing