Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

Olam

image

Rossiyaning Novosibirsk shahridagi Tolmachyov nomidagi aeroportda Yoqutistonga uchayotgan reysga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida trapsport politsiyasi 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. 

Rossiya IIV Sibir federal okrugi bo‘yicha Transport boshqarmasining xabar berishicha, erkak O‘zbekistonda xalqaro qidiruvga berilgan. Tergovdan yashirinish maqsadida Rossiyaga qochib ketgan.

U O‘zbekistonda odam o‘g‘rilash va qalbaki hujjatlar bilan uni chegaradan o‘tkazishda ayblanyapti. O‘zbekiston IIV erkakka nisbatan “Odam savdosi” moddasi bilan jinoiy ish ochgan.

Novosibirsk Temir yo‘l sudi qo‘lga olingan erkakka nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini ma’qul ko‘rgan. Keyinroq u O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya odam savdosi

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made