Diqqat! Kuch ishlatar tizimlar bugun “maxsus operatsiya” o‘tkazadi

Jamiyat

image

Navoiy shahri markazida Kuch ishlatar tuzilmalarning tungi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 23 iyul kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov rahbarligida Navoiy shahridagi Kuch ishlatar tuzilmalari bilan hamkorligida Bunyodkor ko‘chasi va unga tutash yo‘llarda tungi soat 20:30 dan 21:30 gacha shahar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha katta masshtabdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi.

“Shu munosabati bilan shahar aholisini xavotir olmaslikka chaqirib, yo‘llarda harbiy texnikalar, xizmat mashinalari hamda qurolli bo‘linmalar harakatlanishida yuzaga keladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz”, deyiladi harbiy okrug xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy harbiy okrug mashg'ulot

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made